O‘PKANING SPONTAN PNEVMOTORAKS BILAN ASORATLANGAN BULLYOZ EMFIZEMASIDA TURG‘UN BITISHMA JARAYONINI SHAKLLANTIRISHNING UNIPORTAL VATS ORQALI BAJARISH: AMALIYOTNING XAVFSIZLIGI VA SAMARALILIGI

Authors

  • Irisov O.T Author
  • Otamirzaev Q.A Author
  • Abdalov Sh.U Author
  • Maxmudov S.S Author

Keywords:

U–VATS; bullektomiya; GBE; bullalar; emfizema; o‘pka hajmini kamaytirish jarrohligi (LVRS)

Abstract

Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘pkaning bullyoz emfizemasi bilan og‘rigan bemorlarning 20–30 % ida spontan pnevmotoraks rivojlanadi. AQSh va Yevropa davlatlarida o‘tkazilgan retrospektiv tahlillarga ko‘ra, spontan pnevmotoraksning qaytalanish darajasi 30–50 % ni tashkil etadi (Light RW, AQSh, 2017; StatPearls, 2022). Buyuk Britaniyada e’lon qilingan British Thoracic Society ma’lumotlariga ko‘ra (BTS Guidelines, 2010), faqat konservativ drenaj bilan davolangan bemorlarda qaytalanish xavfi 50–70 % gacha yetadi. Shu bilan birga, jarrohlik usullari — bullektomiya va plevrodez qo‘llanilganda qaytalanish darajasi 5–10 % gacha kamayishi Fransiya va Yaponiya klinik tadqiqotlarida tasdiqlangan (VATS tadqiqotlari, 2015–2020).Hozirgi kunda Video-assistentsiyali torakoskopik jarrohlik (VATS) —emfizematoz bullalarni olib tashlash (bullektomiya) va plevrodez amaliyotidan foydalanilmoqda. Operatsiya nafaqat havoning chiqishini to‘xtatadi, balki turg‘un bitishmalar hosil qilib, pnevmotoraksning qaytalanishini oldini olishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-02-09

How to Cite

Irisov O.T, Otamirzaev Q.A, Abdalov Sh.U, & Maxmudov S.S. (2026). O‘PKANING SPONTAN PNEVMOTORAKS BILAN ASORATLANGAN BULLYOZ EMFIZEMASIDA TURG‘UN BITISHMA JARAYONINI SHAKLLANTIRISHNING UNIPORTAL VATS ORQALI BAJARISH: AMALIYOTNING XAVFSIZLIGI VA SAMARALILIGI. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(33), 25-32. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/834