BUGUNGI KUNDA 2-TIP QANDLI DIABETGA QARSHI OLIB BORILAYOTGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI

Authors

  • Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi Author
  • Raximberganova Shahzoda Ulug‘bek qizi Author

Keywords:

2-tip qandli diabet, β-glyukanlar, polisaxaridlar, ichak mikrobiotasi, gipoglikemik faollik, antioksidant ta’sir

Abstract

Ushbu maqolada 2-tip qandli diabetni davolash va nazorat qilishda tabiiy polisaxaridlar, xususan β-glyukanlarning strukturaviy xususiyatlari va biologik faolligi tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, β-glyukanlar va astragalus polisaxaridi (APS) ichak mikrobiotasini modulyatsiya qilish orqali antidiabetik ta’sir ko‘rsatadi. APS fermentatsiyasi natijasida foydali bakteriyalar – Lactobacillus va Bifidobacterium miqdori oshib, patogen guruhlar kamaygan. Shuningdek, propionat kislota, tiamin va antioksidant metabolitlar darajasi ortgani aniqlangan. Morus multicaulis bargidan ajratilgan suvda eruvchan polisaxaridning o‘tkir zaharliligi o‘rganilib, 5000 mg/kg dozagacha xavfsizligi tasdiqlandi. Hayvonlar tajribasida glyukozali yuklama sharoitida qondagi qand miqdorini sezilarli kamaytirgani aniqlandi. Natijalar tabiiy polisaxaridlarning 2-tip diabetni boshqarishda istiqbolli vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-02-27

How to Cite

Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi, & Raximberganova Shahzoda Ulug‘bek qizi. (2026). BUGUNGI KUNDA 2-TIP QANDLI DIABETGA QARSHI OLIB BORILAYOTGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(33), 97-100. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/990