PROSTATA BEZI XAVFSIZ GIPERPLAZIYASIDA BEZ HAJMI VA KLINIK ASORATLAR O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Keywords:
prostata bezi benign giperplaziyasi; prostata hajmi; pastki siydik yo‘llari simptomlari (LUTS); IPSS; urofloumetriya; Qmax; o‘tkir siydik tutilishi; infravezikal obstruktsiya; siydik pufagi toshlari; retrospektiv tahlilAbstract
Ushbu tadqiqot prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) bo‘lgan bemorlarda prostata bezi hajmi va klinik asoratlar rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot 2020–2022 yillar davomida PBXGdan gumon qilingan 200 nafar bemor misolida o‘tkazildi. Tahlil natijalari prostata bezi hajmi oshib borishi bilan klinik asoratlar og‘irlashuvi va invaziv aralashuvlarga ehtiyoj ortishini ko‘rsatdi. Prostata hajmi 50 ml dan yuqori bo‘lgan bemorlarni yuqori xavf guruhiga ajratish, ularni dinamik kuzatuvga olish va davolash taktikasini individual tanlash PBXG asoratlarini erta oldini olish va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Maqsad. Prostata bezi benign giperplaziyasiga chalingan bemorlarda retrospektiv tahlil asosida prostata bezi hajmi va klinik asoratlar rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, infravezikal obstruktsiya bilan bog‘liq asosiy asoratlarni (o‘tkir va surunkali siydik tutilishi, invaziv drenaj usullariga ehtiyoj, siydik pufagi toshlari va boshqalar) baholash hamda prostata hajmiga asoslanib yuqori xavf guruhini aniqlash orqali davolash taktikasini optimallashtirish.