Adamar ma’nosidagi kasr tartibli integral va hosilalar
Keywords:
Kasr tartibli hosila, kasr tartibli integral, Adamar integrali, Riman–Liuvill integrali, Lebeg fazosi, differensial operator, matematik modellashtirish, kasr analizAbstract
So‘nggi yillarda kasr tartibli analiz matematik tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Kasr tartibli integrallar va hosilalar ko‘plab amaliy va nazariy masalalarni yechish uchun samarali matematik apparat hisoblanadi. Ular fizika, biologiya, suyuqliklar mexanikasi, boshqarish nazariyasi, signallarni qayta ishlash va turli murakkab jarayonlarni matematik modellashtirishda keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada kasr tartibli integral va Adamar ma’nosidagi hosila tushunchalari ko‘rib chiqiladi. Kesmada aniqlangan kasr tartibli integrallar va Adamar tipidagi hosilalarning ta’riflari keltiriladi va ularning asosiy xossalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Lebeg fazosida aniqlangan operatorlarning chegaralanganligi, Riman-Liuvill va Adamar tipidagi kasr tartibli integrallar orasidagi bog‘lanish hamda ba’zi muhim teorema va natijalar qaralgan.