Auksinlar asosida olingan hosilalarning zamburug‘larga qarshi faolligi
Keywords:
Naftalin sirka kislotasi, mentol efiri, antifungal faollik, Fusarium solani, auksinlar, fitopatogen zamburug', ingibitsiya, diffuziya usuliAbstract
Ushbu tadqiqotda naftalin sirka kislotasining mentol efirining fitopatogen zamburug‘ Fusarium solaniga qarshi antifungal faolligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida quduqcha diffuziya usuli asosida preparatning turli konsentratsiyalaridagi biologik faolligi baholandi. Natijalarga ko‘ra, preparatning eng yuqori antifungal ta’siri 10⁻⁷ M konsentratsiyada kuzatilib, 5-kunda 39 mm ingibitsiya zonasi va 48.75% ingibitsiya darajasi qayd etildi. Olingan natijalar ushbu birikmaning o‘simliklarni himoya qilish va urug‘larga ishlov berishda istiqbolli vosita ekanligini ko‘rsatdi.
Downloads
Published
2026-05-29
Issue
Section
Articles
How to Cite
Ismoiljonova O.B., & Burxev F.Z. (2026). Auksinlar asosida olingan hosilalarning zamburug‘larga qarshi faolligi. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 5(44), 128-132. https://sr-journals.org/index.php/ITSE/article/view/1791