Auksinlar asosida olingan hosilalarning zamburug‘larga qarshi faolligi

Authors

  • Ismoiljonova O.B. Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot institute, Guliston davlat universiteti Author
  • Burxev F.Z. Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot institute, Guliston davlat universiteti Author

Keywords:

Naftalin sirka kislotasi, mentol efiri, antifungal faollik, Fusarium solani, auksinlar, fitopatogen zamburug', ingibitsiya, diffuziya usuli

Abstract

Ushbu tadqiqotda naftalin sirka kislotasining mentol efirining fitopatogen zamburug‘ Fusarium solaniga qarshi antifungal faolligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida quduqcha diffuziya usuli asosida preparatning turli konsentratsiyalaridagi biologik faolligi baholandi. Natijalarga ko‘ra, preparatning eng yuqori antifungal ta’siri 10⁻⁷ M konsentratsiyada kuzatilib, 5-kunda 39 mm ingibitsiya zonasi va 48.75% ingibitsiya darajasi qayd etildi. Olingan natijalar ushbu birikmaning o‘simliklarni himoya qilish va urug‘larga ishlov berishda istiqbolli vosita ekanligini ko‘rsatdi.

Downloads

Published

2026-05-29

How to Cite

Ismoiljonova O.B., & Burxev F.Z. (2026). Auksinlar asosida olingan hosilalarning zamburug‘larga qarshi faolligi. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 5(44), 128-132. https://sr-journals.org/index.php/ITSE/article/view/1791